Samsung yangi avlod Galaxy Z TriFoldʼni Fold 9 qatori bilan birga chiqarishi mumkin
Q9m kod nomi Galaxy Z Fold 9 seriyasidagi buklanadigan Samsung Galaxy Z TriFoldʼning vorisi boʻlishi mumkinligidan dalolat beradi. Global va Yevropa bozorlari uchun chiqarilishi hozircha tasdiqlanmagan.

Oqish maʼlumotlarida Q9m kod nomi paydo boʻldi — u, ehtimol, Galaxy Z TriFoldʼning keyingi versiyasini anglatadi. Qurilma Galaxy Z Fold 9 qatorining bir qismi sifatida ishlab chiqilmoqda, shu sababli uning taqdimoti ushbu seriya chiqqanidan oldin boʻlishi kutilmayapti. Seriya, taxminlarga koʻra, 2027 yil iyulida chiqadi.
Birinchi Galaxy Z TriFold 2025 yil oxirida chiqdi, 2026 yil boshida esa boshqa hududlarda ham paydo boʻldi. U Galaxy Z Fold 7 bilan bogʻliq boʻlgan va Q7m kod nomini olgan. Shunga oʻxshash tarzda, yangi qurilma Galaxy Z Fold 9 platformasini, jumladan, oʻsha paytdagi dolzarb chipset hamda Samsungʻning Android 18 asosidagi tizim yigʻmasini olishi mumkin.
Taqdimotning aniq sanasi, narxi va qaysi bozorlarda chiqarilishi hozircha nomaʼlum. Q9m kodi Yevropada chiqarish rejalari yoʻqligini koʻrsatishi mumkin, biroq bunday relizni butunlay istisno qilib boʻlmaydi.
Yana oʻqing

FIFAga qarshi jinoiy kiberhujum tafsilotlari maʼlum boʻldi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:52
Amerikalik yozuvchilar Nvidiaʼni asarlarini noqonuniy tarqatishda aybladi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:48