Robert Pattinson nomiga millionlab dollarlik ipoteka rasmiylashtirilgani maʼlum boʻldi
Aktyor Robert Pattinson 2022 yilda qiymati 5,3 mln dollar boʻlgan uy uchun 3 mln dollar kredit rasmiylashtirgan. U ipoteka toʻlovlarini 2052 yilgacha amalga oshirishi kerak.

Aktyor Robert Pattinson Gollivud tepaliklaridagi oʻz uyiga ipoteka olgan. Toʻlovlar yakuniga yetadigan paytda u 66 yoshda boʻladi.
Hozir Pattinson, uning unashtirilgani Suki Uoterhaus va qizi Beverli-Hillsdagi ijaraga olingan hashamatli uyda yashaydi. Aktyorning ish jadvali sabab oila avval Nyu-York, Yangi Orlean va Londonning gʻarbiy qismida uy ijaraga olgan.
Hashamatli uy ispan mustamlakachilik uygʻonishi uslubida qurilgan. Avval unga musiqachi Bek va «Gossip Girl» seriali yaratuvchisi egalik qilgan. Hududni begonalardan tirik devor va darvoza himoya qiladi.


