U-17 jahon chempionati. Oʻzbekiston terma jamoasi Yamaykani 6:2 hisobida tor-mor etdi
Oʻzbekistonning U-17 terma jamoasi jahon chempionatining ikkinchi turida Yamaykani 6:2 hisobida magʻlub etdi. Bu jamoaning turnirdagi ikkinchi gʻalabasi boʻldi.

Yamayka hisobni 8-daqiqadayoq ochdi: Kelvin Braun gol urdi. Oʻzbekiston deyarli darhol javob qaytardi — Abubakir Raximovning zarbasidan keyin qaytgan toʻpga Laziz Abduraimov hammadan oldin yetib borib, hisobni tenglashtirdi. 25-daqiqada Braun yana oʻz jamoasini oldinga olib chiqdi va dubl qayd etdi. Ammo tanaffusga qadar Suxrob Sadirojonov hisobni tenglashtirdi: u Mirjamol Anvarovning uzatmasini golga aylantirdi.
Tanaffusdan keyin Sergey Chigodayev jamoasi oʻyinini kuchaytirib, tashabbusni oʻz qoʻliga oldi. 48-daqiqada Sadirojonov Asilbek Aliyevning uzatmasidan keyin gol urdi, 58-daqiqada esa xet-trik qayd etdi — bu safar ham Aliyev assistent boʻldi. 79-daqiqada yarim himoyachi oʻyindagi uchinchi golli uzatmasini amalga oshirdi, Amirxon Erkinov esa Oʻzbekistonning ustunligini oshirdi. Yakuniy hisobni qoʻshib berilgan vaqtda Ahrorbek Ravshanbekov oʻrnatdi.
U-17 jahon chempionati. 2-tur Oʻzbekiston U-17 — Yamayka U-17 — 6:2 Gollar: Braun (8, 25), Abduraimov (9), Sadirojonov (31, 48, 58), Erkinov (79), Ravshanbekov (90+2).


