Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya qiroli Abdulla II bilan muzokara oʻtkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husayn munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga koʻtarish va «yoʻl xaritasi»ni qabul qilishga kelishib oldi.

25-noyabr, 17:51По-русски

Read in English

24 noyabr kuni Ammanda davlat rahbarlari kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazdi. Ular Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasidagi siyosiy muloqot hamda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni muhokama qildi.

Ustuvor yoʻnalishlar sifatida savdo, investitsiyalar, transport va logistika, konchilik sanoati, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika belgilandi. Tomonlar imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitimni imzolash hamda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollarga yetkazish imkoniyatini ham koʻrib chiqdi.

Gumanitar aloqalarni mustahkamlash uchun madaniyat va sanʼat haftaliklarini oʻtkazish, turistik almashinuvni kengaytirish hamda qadimiy shaharlar oʻrtasida qardosh shahar aloqalarini oʻrnatish taklif qilindi. Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida strategik sheriklik toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun mamlakatlar kompleks «yoʻl xaritasi»ni tayyorlashga kelishib oldi.