Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Texnologiyalar

NASA «Soyuz»larda XKSga parvozlar davom etishini tasdiqladi

NASA va «Roskosmos» Xalqaro kosmik stansiyaga oʻzaro parvozlar toʻgʻrisidagi kelishuvni uzaytirdi. Amerikalik astronavtlar Rossiyaning «Soyuz» kemalarida, rossiyalik kosmonavtlar esa Amerikaning boshqariladigan kosmik kemalarida parvoz qilishda davom etadi.

12-noyabr, 18:22По-русски

Read in English

3dnews.ru

Dastur davom etishi haqida NASA vakili Joshua Finch TASSga maʼlum qildi. Bunday tartib stansiyada XKSning Rossiya va Amerika segmentlari boʻyicha mutaxassislar boʻlishini taʼminlaydi: kemalardan biri navbatdagi ekipajni yetkaza olmasa yoki Yerga muddatidan oldin qaytishga majbur boʻlsa ham, bu imkoniyat saqlanib qoladi.

Har bir segmentda ishlash uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladigan uskunalar mavjud. Oʻzaro parvozlar stansiyada taʼmirlash ishlarini bajarishi yoki uning tashqarisida ish olib borishi mumkin boʻlgan mutaxassislar qolmasligi xavfini kamaytiradi.

Kelishuv oʻzaro toʻlovlarni nazarda tutmaydi. U ekipajlarni stansiyaga olib borish va qaytarish, parvozoldi tayyorgarligi, parvozlarni boshqarish, shuningdek, qoʻndirish hamda qidiruv-qutqaruv operatsiyalari vaqtida koʻmak koʻrsatishni qamrab oladi.

NASA va «Roskosmos» oʻzaro parvozlar toʻgʻrisidagi birinchi kelishuvni 2022 yil iyulida tuzgan. 2026 yil oktabr oyi oxirida «Roskosmos» rahbari Dmitriy Bakanov Amerika tomoni soʻroviga koʻra dastur 2030 yilgacha uzaytirilganini maʼlum qildi.