Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Jamiyat

AQShda oʻlim jazosi ijrosini tezlashtirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp oʻlim hukmlarini ijro etishni tezlashtirish rejalari borligini maʼlum qildi. Shuningdek, politsiyani kengaytirish uchun qariyb 150 mln dollar ajratilishini bildirdi.

25-noyabr, 11:46По-русски

Read in English

The White House / Wikimedia Commons

AQShda Tramp Adliya vazirligida nutq soʻzlab, idorani bolalarga qarshi jinoyatlarda, shuningdek, zoʻravonlik va odam savdosi bilan bogʻliq qotilliklarda aybdor deb topilgan mahkumlarga oʻlim jazosi tayinlanishiga erishishga chaqirdi.

Bundan tashqari, u hududlardagi politsiya boʻlinmalarini kengaytirish uchun qariyb 150 mln dollar yoʻnaltirilishini maʼlum qildi. Bu mablagʻlar 1 000 dan ortiq xodimni ishga olish imkonini beradi.

Tramp Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning 540 nafardan ortiq mahkumga chiqarilgan oʻlim hukmlarini muddatidan ilgari ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirish haqidagi qarorini ham tanqid qildi. AQSh prezidenti bu bilan shtat rasmiylari mahkumlarning manfaatlarini halok boʻlganlarning oilalari huquqlaridan ustun qoʻymoqda, deb hisoblaydi.

Nyusom bu qarorni oʻlim jazosi Kaliforniyaning axloqiy tamoyillariga mos kelmasligi bilan izohlagan. Shtatda bunday hukmlar 2006 yildan beri ijro etilmayapti. Shu bilan birga, avvalgi referendumlarda aholining koʻpchiligi eng ogʻir jazoni saqlab qolishni qoʻllab-quvvatlagan.