Tramp Nvidia chiplarini Xitoyga sotishni davom ettirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo qilgani uchun tanqid qilingan savdo vaziri Govard Latnikni qoʻllab-quvvatladi

5-noyabr kuni Oval kabinetdagi uchrashuvda moliya vaziri Skott Bessent Latnikdan nega Megaspeed kompaniyasi cheklovlar roʻyxatiga tezroq kiritilmaganini soʻradi. Ikki manbaning aytishicha, vazir buni Trampning qaroriga koʻra amalga oshirishini bildirgan.
Oxir-oqibat prezident boshqa yoʻlni tanladi: Latnik Xitoydagi sunʼiy intellekt laboratoriyalari Janubi-Sharqiy Osiyodagi maʼlumotlar markazlarida ilgʻor chiplar asosidagi hisoblash quvvatlarini masofadan turib ijaraga olmasligi uchun vaqtinchalik savdo qoidasini ishlab chiqishi kerak. Oq uy bayonotiga koʻra, bu chora kontrabandaga chek qoʻyishi va amerikalik ishlab chiquvchilarga ustuvorlik berilishini taʼminlashi kerak. Amaldorning qoʻshimcha qilishicha, Nvidia Blackwell va Rubin chiplari Xitoy kompaniyalari qoʻliga tushmasligi kerak, Megaspeed esa avvalgi avlodga mansub H200 chiplarini sotib olgan.
Chiplar Inspur kompaniyasining Kaliforniyada joylashgan shoʻba korxonasi Aivres orqali yetkazilgan. U Megaspeed tuzilmalariga milliardlab dollarlik mahsulotlar topshirgan. Megaspeed serverlarini Malayziya va Indoneziyadagi maʼlumotlar markazlariga joylashtirgan, hisoblash quvvatlarini esa Xitoyning yirik kompaniyalariga ijaraga bergan. Aivres vakili kompaniya AQShning eksport cheklovlariga rioya qilishini bildirdi.
Yana oʻqing

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya qiroli Abdulla II bilan muzokara oʻtkazdi
Siyosat25-noyabr, 17:51
Rimda 45 mamlakat kosmosdan kelajakda foydalanish qoidalarini muhokama qilmoqda
Siyosat25-noyabr, 17:39