Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Jamiyat

Tailandga vizasiz rejim 2027 yil boshida qaytishi mumkin

Oʻzbekiston fuqarolari uchun Tailand bilan vizasiz rejim 2027 yil yanvar–fevral oylarida qayta joriy etilishi mumkin, deb maʼlum qildi TIV viza boʻlimi boshligʻi Shaxboz Usmonov. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

25-noyabr, 16:02По-русски

Read in English

PattayaPatrol / Wikimedia Commons

Vizasiz rejimni qayta tiklash boʻyicha muzokaralar allaqachon boshlangan. Hozir avval muhokama qilingan 15 kun oʻrniga 30 kun qolish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda, biroq yakuniy kelishuvlar hali yoʻq.

Oʻzbekistonliklar Tailand vizasini allaqachon onlayn rasmiylashtirishlari mumkin. Turistik paket xarid qilinganda, bu jarayon 8 kundan 15 kungacha davom etadi, mustaqil ravishda ariza topshirilganda esa kutish muddati qariyb bir oyni tashkil qilishi mumkin. Noyabr boshida Tailand Milliy turizm siyosati qoʻmitasi Oʻzbekiston ham kiradigan qator mamlakatlar fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishini qoʻllab-quvvatladi.