AQSh Senatidagi demokratlar yetakchisi Huangga nisbatan tergovlar oʻtkazilishini talab qilmoqchi
AQSh Senatidagi ozchilik yetakchisi Chak Shumer Jensen Huang NVIDIA bosh direktori lavozimiga qaytganidan keyin unga nisbatan tergovlar oʻtkazilishini talab qilmoqchi ekanini maʼlum qildi.

23 noyabr kuni Shumer X ijtimoiy tarmogʻida demokratlar Donald Tramp maʼmuriyati, Huang va NVIDIA kompaniyasining boshqa rahbarlari tomonidan sodir etilgan boʻlishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklar yuzasidan tergov oʻtkazilishini talab qilishini yozdi. Uning soʻzlariga koʻra, gap moliyaviy manfaat evaziga AQSh milliy xavfsizligini xavf ostiga qoʻyayotganlar haqida ham bormoqda.
Shumer demokratlar respublikachilar bilan hamkorlikda Amerika texnologiyalarining AQSh raqiblariga berilishiga toʻsqinlik qilishi kerak boʻlgan siyosat ustida ishlashga tayyor ekanini aytdi. 2027 yil yanvarida yangi chaqiriq Senatida demokratlar koʻpchilikni tashkil etadi, Shumerning oʻzi esa spiker lavozimiga daʼvogarlik qilmoqda.
Donald Tramp avvalroq Huangning NVIDIA bosh direktori lavozimiga qaytishini ijobiy baholagan va AQShda uning noqonuniy faoliyatiga oid dalillar yoʻqligini aytgan.


