AQSh ASMLning Xitoyga eksportini yanada cheklamoqchi — Niderlandiya qarshi
Niderlandiya AQShning ittifoqchi davlatlardan Xitoyga ilgʻor chip uskunalarini yetkazish va ularga xizmat koʻrsatishni cheklashi mumkin boʻlgan qonun loyihasiga qarshi chiqdi.

MATCH Act qonun loyihasi Niderlandiya, Yaponiya va boshqa ittifoqchilarga bunday cheklovlarni AQShnikiga moslashtirish uchun 150 kun beradi. Aks holda, AQSh Savdo vazirligi bu davlatlardan keladigan uskunalarga eksport choralarini joriy etishi kerak boʻladi.
Tashabbus ASMLga taalluqli: kompaniya oʻtgan yilgi daromadining deyarli uchdan birini Xitoydan olgan. Qonun loyihasi yangi yetkazib berishlar hamda avval sotilgan uskunalarga xizmat koʻrsatishni qamrab oladi. Niderlandiya Vashingtonning oʻz kompaniyalari uchun qoidalar belgilashini nomaqbul deb hisoblaydi.
2023 yilda mamlakat ayrim chuqur ultrabinafsha (DUV) qurilmalarining eksportini oʻzi cheklagan. ASMLning ekstremal ultrabinafsha (EUV) bilan ishlaydigan eng ilgʻor tizimlari Xitoyga hech qachon yetkazib berilmagan. ASML moliyaviy direktori Rojer Dassen cheklovlarning yanada kuchaytirilishi Xitoy texnologiyalarining rivojlanishini tezlashtirishi mumkinligini aytdi. AQShda tashabbusni qoʻllab-quvvatlash Nvidiaʼning sobiq rahbari Jensen Huangning xitoylik josuslikda gumon qilinayotgan ayol bilan aloqalari haqidagi xabarlar ortidan kuchaydi.
Yana oʻqing

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya qiroli Abdulla II bilan muzokara oʻtkazdi
Siyosat25-noyabr, 17:51
Rimda 45 mamlakat kosmosdan kelajakda foydalanish qoidalarini muhokama qilmoqda
Siyosat25-noyabr, 17:39