Sinnerga operatsiya kerak boʻlishi mumkin: tizzani konservativ davolash samara bermadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat yuzasidan mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga bormoqchi. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozdi.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash hozircha «Katta dubulgʻa» turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan natijani bermadi. Italiyalik tennischi kortga qayta olmadi: u hali-hanuz toʻlaqonli mashgʻulotlarni tiklagani yoʻq.
Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq oʻtmasa va davolash ham taʼsir qilmasa, jarrohlik amaliyotisiz muammoni hal qilib boʻlmasligi mumkin.
Sinner 2026-yilgi Uimbldon turniridagi gʻalabasidan keyin ATP turkumidagi birorta ham turnirda qatnashmadi.


