AQSh Nvidia mojarosidan soʻng Megaspeedʼni qora roʻyxatga kiritmoqchi
AQSh Savdo vazirligi Singapurdagi AI kompaniyasi Megaspeedʼni mamlakatda tovar sotib olishi va sotishi taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatiga kiritishni rejalashtirmoqda.
25-noyabr, 17:34По-русски

The Hindu / thehindu.com
Megaspeed maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini ishlab chiqadi. Soʻnggi haftalarda kompaniyaning sobiq rahbari Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda, shuningdek, Nvidia rahbari Jensen Huang bilan ishqiy munosabatlarda boʻlganlikda ayblandi.
Shundan soʻng AQSh rasmiylari kompaniya ustidan tekshiruvni kuchaytirdi. Ular, shuningdek, Megaspeed Nvidiaʼning zamonaviy AI chiplarini Xitoyga olib oʻtgan boʻlishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Kompaniyani roʻyxatga kiritish hozircha amalga oshirilgan qaror emas, balki reja sifatida bildirilgan.
Yana oʻqing

Jahon banki Oʻzbekistondagi islohotlar uchun $800 mlnlik paketni maʼqulladi
Iqtisodiyot26-noyabr, 18:08
Turkmaniston TAPIning Hirotgacha boʻlgan qismini 2027 yil boshida ishga tushirmoqchi
Iqtisodiyot26-noyabr, 18:04