Oʻzbekistonda ipotekaga talab qariyb 40 foizga oshdi
Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 2026 yil yanvar–oktabr oylarida banklar 23,6 trln soʻmlik 75,8 mingta ipoteka krediti ajratdi — bu bir yil avvalgidan 39,5 foiz koʻp.

Mablagʻlarning asosiy qismi birlamchi bozorga — yangi qurilgan uylardan xonadon sotib olishga yoʻnaltirildi. Bu bozorga 17,4 trln soʻmlik kredit ajratilgan, ikkilamchi bozorga esa 6,2 trln soʻm toʻgʻri kelgan.
Erkaklar va ayollarga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi deyarli bir xil boʻlgan. Biroq ayollarga berilgan qarzlar summasi yil davomida erkaklarga ajratilgan kreditlar hajmiga qaraganda ancha tez oʻsgan.
Yoshlar ham ipoteka rasmiylashtirishni faolroq boshlagan. Bu guruhni kreditlashning oʻsishi ham yil davomida bozorning umumiy oʻsishidan yuqori boʻlgan.
Yana oʻqing

Jahon banki Oʻzbekistondagi islohotlar uchun $800 mlnlik paketni maʼqulladi
Iqtisodiyot26-noyabr, 18:08
Turkmaniston TAPIning Hirotgacha boʻlgan qismini 2027 yil boshida ishga tushirmoqchi
Iqtisodiyot26-noyabr, 18:04