Abbosbek Fayzullayev maydonga qachon qaytishi maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston terma jamoasi va «Bashakshehir» yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinda jarohat olganidan soʻng olti hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda bosh murabbiy Nuri Shahin maʼlum qildi.
25-noyabr, 18:54По-русски

Fayzullayev 17 noyabr kuni Dohada oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvining 53-daqiqasida raqibning qoida buzishi ortidan jarohat oldi. Uchrashuv Oʻzbekistonning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Shahin futbolchiga operatsiya qilinishi kerakligini aytdi. Avvalroq Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Fayzullayevning oʻng toʻpigʻi jarohatlanganini maʼlum qilgandi.


