GTA VIʼning kompyuterlar uchun versiyasi internetga sizib chiqdi
Taxmin qilinayotgan oʻyin fayli internetda paydo boʻldi, shundan soʻng ishqibozlar uni kompyuterlarda ishga tushirishga urina boshladi; sizdirilgan faylning haqiqiyligi hozircha tasdiqlanmagan.

Taxmin qilinayotgan bajariladigan fayl eʼlon qilinganidan keyin Discordʼdagi ishqibozlar GTA 6’ni Linux, Mac va Windowsʼda ishga tushirishga urina boshladi. Hozircha oʻyin beqaror ishlamoqda: qotib qoladi, teksturalar va yoritishsiz sodda grafikani koʻrsatadi.
Taʼkidlanishicha, faylni avval oʻyinning tugallanmagan versiyasidan videolar eʼlon qilgan va kriptovalyutada millionlab dollar toʻplagan xaker Cyberleek joylagan. Bu safar u fayllarni bepul taqdim etishini aytdi. Rockstar Games va Xbox izoh soʻrab yuborilgan murojaatlarga javob bermadi.
Teskari muhandislik loyihalari ishtirokchilari allaqachon birinchi toʻsiqni — oʻyinni ishga tushirishni — yengishga muvaffaq boʻldi. Bir necha soat ichida ular vizual tafsilotlar uchun javob beradigan shayderlarning bir qismini yuklashga erishdi. Biroq norasmiy ishlaydigan port yaratilishigacha haftalar yoki oylar oʻtishi mumkin, loyiha esa umuman amalga oshmasligi ham ehtimol.
Urinishlar Rockstar Games va Take-Two Interactiveʼning qarshiligiga duch keldi: kamida bitta yirik Discord serveri bloklandi, loyiha rahbari esa keyingi ishni davom ettirishdan voz kechdi. GTA 6 PlayStation 5 va Xbox Series X uchun mavjud, biroq kompyuterlar uchun rasmiy port hali eʼlon qilinmagan.
Yana oʻqing

Mustafo Bafoyev: asrlar qaʼridan tugʻilgan musiqa
Madaniyat26-noyabr, 12:29
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Deniz Chakir va aktyor Ozjan Denizning hibsga olinishi sababi maʼlum boʻldi
Madaniyat25-noyabr, 14:35