Globe Soccer Awards 2026-yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlarni eʼlon qildi
Mukofot uchun Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi Usman Dembele boʻlgan.

Qisqa roʻyxatda eng koʻp vakil «PSJ»dan: parijliklar safidan sakkiz nafar futbolchi nomzod boʻlgan — Usman Dembele, Desire Doue, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendes, Joau Neves, Fabian Ruiz va Vitinya.
«Barselona»dan toʻrt nafar daʼvogar bor: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe taqdim etadi. «Arsenal»dan yana uch nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Uilyam Saliba.
«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise) ikkitadan nomzod bilan taqdim etilgan. Qolgan klublarning har biri bittadan futbolchi bilan ishtirok etadi: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandesh, «Liverpul»dan Dominik Soboslai va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.


